O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-sonli “O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida “Qayta tiklnuvchi energiya manbalarini elektr tarmoqqa integratsiyalash” ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan.

 

Laboratoriyada 1 nafar texnika fanlari doktori, 1 nafar kichik ilmiy xodim, 1 nafar tayanch doktorant, hamda stajyor-tadqiqotchi faoliyat yuritishadi.

 

Laboratoriyaning faoliyat yo‘nalishi — Energiya tizimlari va ularga muqobil energiya manbalari asosidagi tizimlarni integratsiyalash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishni tashkillashtiradi. Kichik, o‘rta va katta quvvatli muqobil energiya manbalari va taqsimlangan generatsiya asosidagi tizimlarni elektr tarmog’iga xavfsiz ulash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi hamda rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarni hamkorlikda bajaradigan idora, tashkilot va korxonalarni aniqlaydi.

2023 — yilning 24 — 29 aprel kunlari Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti tomonidan Rasaxodjaev B.S rahbarligida “Quroʼqchil hududlardiga qishloq hoʼjaligi issiqxonalarida energiya va suvni tejash uchun toza energiya taʼminot tizimi boʼyicha asosiy texnolgiyalarni tadqiq qilish va joriy etish” mavzusi boʼyicha bajarilayotgan “ Oʼzbekiston-Xitoy” halqaro loyixasi asosida Xitoy Xalq Respublikasi Ichki Mongoliya texnologiya universiteti vakillari Ilmiy ishlar boʼyicha prorektor WANG YAJUN, “Xitoy — Oʼzbekiston” halqaro loyiha raxabari ZHAO MINGZHI, professor BAO DAORINA va ishlab chiqarishdan, zavoddan vakil SU HAILONG Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentlik xodimlari bilan uchrashuvlar oʼtkazdilar.
Ushbu “ Oʼzbekiston-Xitoy” halqaro loyihasida ikki taraflama tasdiqlangan ish rejasi asosida Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlaydigon qurilmalardan samarali foydalanilish va respublikamiz xududlarini hisobga olgan xolda energiya tejamkor texnologiya qoʼllanilishi taʼkidlab oʼtildi.

Ushbu Qonunning maqsadi davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Xorijda turgan davlat mulkini boshqarish ushbu mulk turgan davlatning qonunchiligi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-821-sonli 2023-yil 9-martda qabul qilingan bo‘lib, Qonun 10 bob, 56 ta moddadan iborat.

Davlat mulkini boshqarishning asosiy prinsiplari qonuniylik, hisobdorlik, ochiqlik va shaffoflik, sog‘lom raqobat uchun shart-sharoitlarning tengligi, davlat mulkiga egalik qilishning asoslanganligi, davlat mulkidan foydalanishning samaradorligi, mulkdor va tartibga soluvchi vazifalarining ajratilganligi, atrof-muhitni va tabiiy resurslarni muhofaza qilishning ustuvorligidan iborat.

Davlat mulkini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yuzaga keladi. Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi shartnomalar va boshqa bitimlar tuzilganda, shu jumladan garchi qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, lekin unga zid bo‘lmagan shartnomalar hamda boshqa bitimlar tuzilganda, mol-mulkni va (yoki) mol-mulkdan foydalanish huquqini, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlarni xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish yo‘li bilan ulushni olishda va sud qarorlari asosida ham yuzaga kelishi mumkin.

Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bekor qilinadi. Davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq va davlat mulkiga bo‘lgan mulk huquqi mulkiy huquqlarni (ulushlarni) olish evaziga boshqa shaxsga o‘tganda ham bekor qilinishi mumkin.

Mazkur Qonun davlat mulkini boshqarishni tubdan takomillashishiga va davlat mulkini boshqarish samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Meteostansiyada havo harorati, namligi, shamol tezligi va yo‘nalishlari, quyosh radiatsiyasi parametrlari o‘lchanadi.

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Innoweek-2021” texnologiyalar haftaligida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan meteostansiya namoyish qilindi. Institut katta ilmiy xodimi Jobir Ahadovning aytishicha, qurilma havoning namligi, harorati, shamol tezligi va yo‘nalishlari hamda quyosh radiatsiyasi parametrlarini o‘lchashga mo‘ljallangan.

“Hozirga qadar O‘zbekistonda meteostansiya ishlab chiqarilmagan, ya’ni xorijdan import qilingan. Biz yaratgan qurilma import o‘rnini bosadi. Ayni paytda meteostansiyani kichik seriyada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik”, deydi Jobir Ahadov.

Qayd etilishicha, uskunaning afzalligi — arzonligida. Masalan, Osiyo taraqqiyot banki orqali O‘zbekistonga 6ta meteostansiya 100 ming dollarga xarid qilingan bo‘lsa, uning yillik litsenziyasini uzaytirish 103 ming yevroni tashkil etadi. Ya’ni, meteostansiyaning narxidan uning litsenziyasini uzaytirish qimmat.

“Shu sababli, biz o‘zimizning dasturiy mahsulotni ishlab chiqdik va uning narxi 50 mln so‘m atrofida. Meteostansiyada shamol, quyosh, namlik qurilma datchiklari orqali informatsiya kompyuterga yig‘iladi. Uskuna orqali respublikaning turli nuqtalaridagi ma’lumotlarni bir joyga jamlash, barcha iqlimiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib borish mumkin.

To‘g‘ri, hozircha datchiklarini chet eldan olamiz. Uskunaning o‘zi biz ishlab chiqqan dastur asosida ishlaydi. Kelgusida datchiklarni ham o‘zimizda ishlab chiqarish niyatimiz bor. Gidrometeorologiya markazi bazalarida mazkur meteostansiyalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlar olib bormoqdamiz”, deya ma’lum qildi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti  O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan qayta tiklanuvchi  va vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

         25 noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»da Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Kyu Shu univesriteti (Kyushu University), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Energetika vazirligining Qayta tiklanuvchi energiya manbalari departamenti va “O’zbekneftegaz” AJ olimlari va mutaxsisslari ishtirokida vodorod energetikasini rivojlantirishda ilmiy izlanishlarning istoqbolli yo‘nalishlarinig muhokamasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Yaponiyalik mutaxassislar Yaponiyaning milliy vodorod energetikasi siyosati, shu yo‘nalishlarda olib borilayotgan istiqbolli izlanishlar va ularning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdilar.

O’z navbatida O’zbekistonlik olimlar va mutaxassislar yaponiyalik olimlarga respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy tashkilotlar, vodorod ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi korxonalar/kompaniyalar haqida ma’lumot berdilar.

         Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar va “pilot” loyihalarni tayyorlash, Yaponiyaning nufuzli universitetlarida va ilmiy markazlariga yosh olimlarni stajirovkaga yuborish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va xalqaro simpozium va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olindi.

oriy yilning 6-oktyabr kuni Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida Ishlab chiqarishga joriy etishga tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar koʼrgazmasi tashkil etildi. Koʼrgazmada 40 dan ortiq energiya va resurstejamkor ishlanmalar, mahalliy xom-ashyodan ishlab chiqilib import oʼrnini qoplashga va eksportga yoʼnaltirilgan innovatsion texnologiyalari namoyish etildi. Tashkilotimiz xodimlari ham ushbu ko’rgazmada o’zining ilmiy loyihalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

23 sentabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»da Respublikamizga tashrif buyurgan «Xalqaro Energetika Xartiyasi» ekspertlar delegatsiyasi bilan  qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod energetikasi, energiyasamarador va energiya tejamkor texnologiyalarni respublika iqtisodiyoti sohalarida qo‘llash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Delegatsiya tarkibiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod energetikasi va energiyasamarador texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha Turkiya, Ukraina, Belorussiya va Moldova respublikalarida olim-mutaxassilari kiritilgan bo‘lib, ular bilan qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi, energiyasamaradorlik va  energiya tejamkorligi yo‘nalishlarida hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, kadrlar tayyorlash va ishlashaga kelishib olindi. Uchrashuvda aholi uy-joylarini va ishlab chiqarish ob’ektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiyasamarador va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti  O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan qayta tiklanuvchi  va vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

24 sentabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»ga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiyada ushbu markaz eksperti Yaponiyalik Yukinori Yanagida ham tashrif buyurdi. Shu bilan birga memorandum imzolash marosimida O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligidan Azizbek Alimuxamedov ishtirok etdi.

Uchrashuvda hamkorlikda ilmiy-amaliy va innovatsion texnologiyalar sohasida jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida hamkorlikda ishlash, kadrlar tayyorlash, Yaponiyaning nufuzli universitetlarida va ilmiy markazlariga yosh olimlarni stajirovkaga yuborish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va xalqaro simpozium va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olindi.

Shundan so‘ng, Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti» direktori N.A. Matchanov va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Nargiza Amirova hamkorlikda ishlash memorandumini imzoladilar.

Hamkorlikda birinchi qadam sifatida shu yil oktabr oyida O’zbekiston va Yaponiyaning yetakchi olimlari va mutaxassislari ishtirokida  “Uzbek‐Japan Symposium for  Future Hydrogen Technologies and Utilization” nomli simpoziumni o‘tkazishga kelishib olindi.

Ushbu memorandum O’zbekiston va Yaponiya mutaxasislarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetika sohalaridagi kelajakdagi hamkorligiga yangi sahifa ochadi.