Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti  O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan qayta tiklanuvchi  va vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

         25 noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»da Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Kyu Shu univesriteti (Kyushu University), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Energetika vazirligining Qayta tiklanuvchi energiya manbalari departamenti va “O’zbekneftegaz” AJ olimlari va mutaxsisslari ishtirokida vodorod energetikasini rivojlantirishda ilmiy izlanishlarning istoqbolli yo‘nalishlarinig muhokamasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Yaponiyalik mutaxassislar Yaponiyaning milliy vodorod energetikasi siyosati, shu yo‘nalishlarda olib borilayotgan istiqbolli izlanishlar va ularning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdilar.

O’z navbatida O’zbekistonlik olimlar va mutaxassislar yaponiyalik olimlarga respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy tashkilotlar, vodorod ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi korxonalar/kompaniyalar haqida ma’lumot berdilar.

         Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar va “pilot” loyihalarni tayyorlash, Yaponiyaning nufuzli universitetlarida va ilmiy markazlariga yosh olimlarni stajirovkaga yuborish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va xalqaro simpozium va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olindi.

23 sentabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»da Respublikamizga tashrif buyurgan «Xalqaro Energetika Xartiyasi» ekspertlar delegatsiyasi bilan  qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod energetikasi, energiyasamarador va energiya tejamkor texnologiyalarni respublika iqtisodiyoti sohalarida qo‘llash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Delegatsiya tarkibiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod energetikasi va energiyasamarador texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha Turkiya, Ukraina, Belorussiya va Moldova respublikalarida olim-mutaxassilari kiritilgan bo‘lib, ular bilan qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi, energiyasamaradorlik va  energiya tejamkorligi yo‘nalishlarida hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, kadrlar tayyorlash va ishlashaga kelishib olindi. Uchrashuvda aholi uy-joylarini va ishlab chiqarish ob’ektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiyasamarador va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti  O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan qayta tiklanuvchi  va vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

24 sentabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»ga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiyada ushbu markaz eksperti Yaponiyalik Yukinori Yanagida ham tashrif buyurdi. Shu bilan birga memorandum imzolash marosimida O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligidan Azizbek Alimuxamedov ishtirok etdi.

Uchrashuvda hamkorlikda ilmiy-amaliy va innovatsion texnologiyalar sohasida jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida hamkorlikda ishlash, kadrlar tayyorlash, Yaponiyaning nufuzli universitetlarida va ilmiy markazlariga yosh olimlarni stajirovkaga yuborish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va xalqaro simpozium va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olindi.

Shundan so‘ng, Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti» direktori N.A. Matchanov va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Nargiza Amirova hamkorlikda ishlash memorandumini imzoladilar.

Hamkorlikda birinchi qadam sifatida shu yil oktabr oyida O’zbekiston va Yaponiyaning yetakchi olimlari va mutaxassislari ishtirokida  “Uzbek‐Japan Symposium for  Future Hydrogen Technologies and Utilization” nomli simpoziumni o‘tkazishga kelishib olindi.

Ushbu memorandum O’zbekiston va Yaponiya mutaxasislarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetika sohalaridagi kelajakdagi hamkorligiga yangi sahifa ochadi.

2017 yilda Quyosh energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasi Henan Suda Electric Car Technology Co..Ltd. kompaniyasi bilan ilmiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandum imzolangan edi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi.

O‘zbekistondagi Quyosh energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasining Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan aynan shu muqobil manba asosida zamonaviy elektromobil texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish loyihasi bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. Memorandum asosida shu yilning 14 iyunida Quyosh energiyasi xalqaro instituti Xitoy Xalq Respublikasining Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan muqobil manba asosidagi zamonaviy elektromobil texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha seminar tashkil qilingan edi. Bu ishning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy kompaniyasiga xizmat safari uyushtirdi.

Safar davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasining ishlab chiqarish obektlari, quvvatlari va mahsulotlari, sinov va sertifikatsiyalash laboratoriyalari hamda ularda amalga oshirilayotgan ishlar va izlanishlar bilan tanishdilar.

O‘zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti hamda Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yangi energiya manbalari asosida elektromobil texnologiyalarini rivojlantirish va elektr transport vositalari tarmog‘ini tashkil etish kelishib olindi. «Bir makon – bir yo‘l» loyihasi doirasida ikki tomonlama foydali iqtisodiy hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi e’tirof etildi hamda O‘zbekistonda yangi energiya manbalari asosida elektromobillar loyihasini samarali amalga oshirish maqsadida Loyiha boshqaruv qo‘mitasi tuzildi va uning tarkibiga Nuraddin Matchanov (O‘zbekiston tomonidan Qo‘mita raisi), Azimjan Yusupov (rais o‘rinbosari) va Umid Avloqulov (mas’ul kotib) kiritildi hamda mazkur Qo‘mitaning majburiyat va vazifalari belgilandi, tegishli guvohnoma va sertifikatlar taqdim etildi.

Quyosh energiyasi xalqaro instituti va Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Unga ko‘ra O‘zbekistonda yangi energiya manbalari va ular asosidagi elektromobil texnologiyalari uchun sinov va sertifikatlash markazini tashkil etish, O‘zbekistonda yangi energiya manbalari va ular asosidagi elektromobil texnologiyalari sohasi uchun texnik markaz tashkil etish hamda ushbu markaz bazasida quvvatlash (zaryad) qurilmalari va shoxobchalarini o‘rnatish, sohaga tegishli xalqaro standartlar asosida milliy standartlarni ishlab chiqish, ilmiy-texnik va marketing izlanishlarini olib borish, joriy yilning sentabr oyida Henan Suda Electric Vehicles Technology Co., Ltd. va Quyosh energiyasi xalqaro instituti birgalikda O‘zbekistonda Suda texnik institutini tashkil etish hamda 20 dona elektromobil, ularni quvvatlash qurilmalari va laboratoriya asbob-uskunalari sinov maqsadlari uchun O‘zbekistonga olib kelish belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “HENAN SUDA ELECTRIC VEHICLE CO., LTD.”, Turin politexnika universiteti hamda O’zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti tomonidan “Yangi energiya manbalari asosidagi zamonaviy avtomobil texnologiyalari” mavzusida Xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminar yangi energiya manbalaridan foydalangan holda avtomobilsozlik sanoatining dolzarb masalalariga bag‘ishlandi. Seminarda quyidagi sohalar bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi va muhokama qilindi:
1. O‘zbekistonda avtomobil sanoatining hozirgi holati;
2. Zamonaviy texnologiyalar va yangi energiya manbalari bo‘yicha avtomobillarni rivojlantirish
bo‘yicha Xitoy strategiyasi;
3. Avtomobil sanoatining yangi energiya manbalariga oid qonunchilik va siyosat;
4. O‘zbekistonda avtomobilning yangi energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari.