Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qiladi
25 noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»da Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Kyu Shu univesriteti (Kyushu University), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Energetika vazirligining Qayta tiklanuvchi energiya manbalari departamenti va “O’zbekneftegaz” AJ olimlari va mutaxsisslari ishtirokida vodorod energetikasini rivojlantirishda ilmiy izlanishlarning istoqbolli yo‘nalishlarinig muhokamasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Yaponiyalik mutaxassislar Yaponiyaning milliy vodorod energetikasi siyosati, shu yo‘nalishlarda olib borilayotgan istiqbolli izlanishlar va ularning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdilar.
O’z navbatida O’zbekistonlik olimlar va mutaxassislar yaponiyalik olimlarga respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy tashkilotlar, vodorod ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi korxonalar/kompaniyalar haqida ma’lumot berdilar.
Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar va “pilot” loyihalarni tayyorlash, Yaponiyaning nufuzli universitetlarida va ilmiy markazlariga yosh olimlarni stajirovkaga yuborish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va xalqaro simpozium va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olindi.