O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-sonli “O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida “Yangi materiallar va energiyani akkumulyatsiyalash” laboratoriyasi tashkil etilgan.
Laboratoriyada 3 nafar texnika fanlari doktori, 1 ta bosh ilmiy xodim hamda 2 ta yetakchi ilmiy xodimi, 1 nafar texnika fanlari nomzodi, yetakchi ilmiy xodim, 1 nafar kichik ilmiy xodim faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari laboratoriyada Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat yo‘nalishlaridan belgilab berilgan “Yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish” vazifasi amalga oshirilmoqda.
Laboratoriyaning faoliyat yo‘nalishi – Quyosh, shamol, suv, biomassa va tabiiy issiqlik manbalari asosidagi qurilmalar va tizimlarni tadqiq qilish asosida ulardagi kun, oy va yil davomida nostabillikni hisobga olgan holda qo‘shimcha energiya zahiralovchi qurilmalar asosidagi tizimlarni ham energetik ham iqtisodiy nuqtai nazardan optimal va muqobil yechimlarini ishlab chiqish.
Ilmiy laboratoriya quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot olib boradi:
- quyosh, shamol, suv, biomassa va tabiiy issiqlik manbalari asosidagi qurilmalar va tizimlarni tadqiq qilish, ularni tasniflash;
- jahon va O’zbekiston bozorlarida keng tarqalgan zahiralash qurilmalari hamda ularning texnik ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘plash va ularni tasniflash;
- yangi zamonaviy energiyani akkumulyatsiyalovchi qurilmalarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish;
- yangi zamonaviy energiyani akkumulyatsiyalovchi qurilmalarning quyosh shamol, suv, biomassa va tabiiy issiqlik manbalari asosidagi energetik tizimlarda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish;
- mavjud energiyani akkumulyatsiyalovchi qurilmalarning texnik ko‘rsatkichlarini takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganish;
- ilmiy laboratoriya zamonaviy O’zbekistonni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri ko‘p jihatdan energiyani akkumulyatsiyalovchi qurilmalarning texnik ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga erishish bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda xissa qo‘shishga qaratilgan ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanadi.
Olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha quyidagi ilmiy maqolalar chop etilgan:
1.Avezova N.R., Matchanov N.A., Raximov E.Yu., Xakimov M.A., Dalmuradova N.N., Dexkonova M.X. Otsenka potensiala solnechnoy energii Kashkadarinskoy oblasti// “Alternativnaya energetika i ekologiya», № 01 (394), 2022g., str. 36-52.
- Ulugbek Azimov, Nilufar Avezova. Sustainable small-scale hydropower solutions in Central Asian countries for local and cross-border energy/water supply// Renewable and Sustainable Energy Reviews.
- N.R. Avezova, E.Yu. Raximov, N.N. Dalmuradova. “Vozmojnosti otsenki pokazateley HDD i SDD dlya territorii Uzbekistana s pomoщyu mejdunarodnыx baz meteorologicheskix dannыx”. “Alternativ energetika i ekologiya” – WCAEE-2022 Oltinchi Butunjahon sammiti materiallari.
- N.R. Avezova, E.Yu. Raximov, N.N. Dalmuradova, D.U.Abduxamidov. Dinamika izmeneniya pokazateley gradusa-sutok otopitelnogo perioda v Uzbekistane za posledniye 40 let.//jurnal “Problemы energo i resursosberejeniya”, № 01, 2022. str.108-119.
- N.R. Avezova, N.N. Dalmuradova, X.X. Kulmatov. Otsenka uglerodnogo sleda produksii: sostoyaniye i perspektivы. O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi 5-iyun – Xalqaro atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan “Ekologik startaplarni hayotga tadqiq qilish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent, 2022 y.
- N.R. Avezova, D.U. Xoshimov, I.N. Rahmatshoyev. Analysis of hybrid and integrated energy storage methods. SCI ENTIFIC – TECHNICAL JOURNAL of FerPI. Fergana, 2022 y., pages.225-229.