O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-sonli “O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida “Iqlim o‘zgaruvchanligi monitoringi va barqaror rivojlanish” ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan.
Laboratoriyada, 1 nafar texnika fanlari doktori, bosh ilmiy hodim, 2 nafar texnika fanlari nomzodi (PhD), katta ilmiy hodim, 4 nafar kichik ilmiy hodim hamda 3 nafar muhandis faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat yo‘nalishlaridan belgilab berilgan. “Yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish” vazifasi borasida Rossiya Fanlar Akademiyasi, Yuqori haroratlar qo‘shma instituti hamda Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining yetakchi ilmiy hodimi Kiseleva Sofya Valentinovna jamoatchilik asosida faoliyat olib boradi.
Laboratoriyaning faoliyat yo‘nalishi – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energiya tizimlari ko‘rsatkichlarini uzoq va qisqa muddatli ilmiy bashoratlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi iqlim sharoitlarining o‘zgaruvchanligi monitoringini amalga oshirish.
Ilmiy laboratoriya quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot olib boradi:
- O’zbekistonning barcha hududlari uchun uzoq muddatli sun’iy yo‘ldosh va yer usti aktinometrik va meteorologik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash;
- aktinometrik va iqlimiy ko‘rsatkichlar va ularning o‘zgarish dinamikasi tadqiq etish, baholash hamda turli manbalardan olingan ko‘rsatkichlarni verifikatsiya qilish;
- Respublika hududlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining tabiiy, texnik va yalpi salohiyatini aniqlash hamda ular asosidagi energetik qurilmalarning texnik salohiyatini raqamli haritalarda aks ettirish va avtomatik ravishda raqamlashtirish va tahrirlash tizimlari (GIS texnologiyasi)ni ishlab chiqish;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energiya tizimlarini loyihalashtirish va rejalashtirish uchun Respublika iqlim sharoitining o‘zgaruvchanligini monitoring qilish orqali ularning ishlab chiqaruvchanligini qisqa va uzoq muddatli bashoratlash;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amaliy foydalanishni kengaytirish hisobiga atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar, isiqxona gazlari va is gazi chiqishini baholash uslubiyatini ishlab chiqish;
- energetik obektlardagi favqulodda vaziyatlarni modellashtirish va bashoratlash, ekologik monitoringni amalga oshirish va tabiiy resurslar holatini baholash, yerni masofadan zondlash orqali axborot olish, qayta ishlash va xaritalash vositalari va texnologiyalarini ishlab chiqish;
- issiqlik, sovutish va elektr energiyasi ta’minoti tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energetik tizimlarni qo‘llash orqali an’anaviy energetikada foydali almashtirish koeffitsiyentini aniqlash uslubiyatini ishlab chiqish;
- quyosh va shamol energiyasi asosidagi energetik ob’ektlarni ishlab chiqarish quvvatini qisqa va uzoq muddatli ilmiy bashoratlash bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizmlar va dasturlarni O’zbekiston hududida o‘rnatilgan real ob’ektlarda sinovdan o‘tkazish.
Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar doirasida, 2022-yil may oyidan boshlab, SATREPS-2020 O’zbekiston-Yaponiya Megaloyihasi ishtirok etmoqda. Loyiha 3 yillik (2022-2025-yillar) bo‘lib, unda Chiba universiteti (Yaponiya) hamda O’zgidromet, O’zMU va NIRES (O’zbekiston) o‘zaro hamkorlik qilishmoqda.
Laboratoriyaning ushbu Megaloyiha doirasida hal yetiladigan asosiy masalalari:
-agroiqlimiy, energetik, qurilish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘llash maqsadida, geostasionar meteorologik sun’iy yo‘ldosh (Meteosat IODC MSG1) dan olinadigan 15 yillik aktinometrik va iqlimiy ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va yer usti ma’lumotlari (Uzgidromet tasarrufidagi mavjud meteostansiyalar) bilan verifikasiyalash;
-quyosh nurlanishi intensivligining o‘zgarishini kvazi-real vaqt mobaynida baholash va ilmiy bashoratlash;
-atmosferaning tiniqlik koeffitsiyenti (ko‘rsatkichi) chastotasi va uning o‘zgarish dinamikasi, anomal havo harorati, namligi va shamol tezligi ko‘rsatkichlarining chastotasi va davomiyligini geoinformatsion texnologiyalar, neyron tarmoqlar hamda sun’iy intellekt va fazoviy tahlil elementlari yordamida aniqlash uchun matematik model ishlab chiqishdan iborat.
Olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha quyidagi ilmiy maqolalar chop etilgan:
- Авезова Н.Р., Матчанов Н.А., Рахимов Э.Ю., Хакимов М.А., Далмурадова Н.Н., Дехконова М.Х. Оценка потенциала солнечной энергии Кашкадарьинской области// “Альтернативная энергетика и экология», № 01 (394), 2022г., стр. 36-52.
- Н.Р. Авезова, Э.Ю. Рахимов, Н.Н. Далмурадова. “Возможности оценки показателей HDD и СDD для территории Узбекистана с помощью международных баз метеорологических данных”. “Альтернатив энергетика и экология” – WCAEE-2022 Олтинчи Бутунжаҳон саммити материаллари.
- Н.Р. Авезова, Э.Ю. Рахимов, Н.Н. Далмурадова, Д.У.Абдухамидов. Динамика изменения показателей градуса-суток отопительного периода в Узбекистане за последние 40 лет.//журнал “Проблемы энерго и ресурсосбережения”, № 01, 2022. стр.108-119.
- Н.Р. Авезова, Н.Н. Далмурадова, Х.Х. Кулматов. Оценка углеродного следа продукции: состояние и перспективы. Ўзбекистон Республикаси Давлат экология қўмитаси 5-июнь–Халқаро атроф-муҳит кунига бағишланган “Экологик стартапларни ҳаётга тадқиқ қилиш” республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Тошкент, 2022 й.
- Rakhimov, E.Yu. A Way to Verify the Actinometric Data of On-Ground and Satellite Observations for the Republic of Uzbekistan. Appl. Sol. Energy 57, 584–587 (2021). https://doi.org/10.3103/S0003701X21060141.
- N R Avezova, E Yu Rakhimov, N N Dalmuradova, and M B Shermatova. Adjustments to the indicators of the heating and cooling degree-days for regions of the Republic of Uzbekistan/OP Conf. Series: Earth and Environmental Science 939 (2021) 012017, doi:10.1088/1755-1315/939/1/012017.
Laboratoriyada quyidagi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatiladi:
O’zbekiston Respublikasi hududlari uchun ko‘p yillik yer usti va sun’iy yo‘ldosh kuzatuvlari hamda halqaro markazlardan olingan iqlimiy va aktinometrik ma’lumotlarni (o‘rtacha soatlik, 3 soatlik, kunlik, oylik va yillik) aniqlash va taqdim etish.
O’zbekiston Respublikasi hududlarida o‘rnatilgan va o‘rnatilishi rejalashtirilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarning texnik va ishlab chiqarish quvvatlarini baholash;
O’zbekiston Respublikasi hududlarida o‘rnatilishi rejalashtirilgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini loyiha oldi hisob-kitob ishlarini olib borish;
O’zbekiston Respublikasi hududlarida o‘rnatilishi rejalashtirilgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini hududning iqlimiy ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda loyihalashtirish;
Laboratoriya mudiri (PhD), katta ilmiy xodim Ergashali Raximov
Loyiha mas’ul ijrochisi, bosh ilmiy xodim, t.f.d., bosh ilmiy xodim Nilufar Rabbanakulovna Avezova
Laboratoriya yetakchi ilmiy xodimi (jamoatchilik asosida), t.f.n. S.V. Kiseleva.
Loyiha ijrochisi (PhD) katta ilmiy xodim J. O. Izzatillayev
Loyiha ijrochisi katta ilmiy xodim Xayrullo Xabibullayevich Qulmatov
Loyiha ijrochisi katta ilmiy xodim A.Ye. Xaitmuxamedov
Laboratoriya kichik ilmiy xodim D.U. Hoshimov
Loyiha ijrochisi, tayant doktorant, Sh.A. Mo‘minov
Loyiha ijrochisi, k.i.h. F.Z. Jamoldinov
Laboratoriya kichik ilmiy xodim I.I. Yuldashev
Loyiha ijrochisi muhandis, A.K.Daminov