Meteostansiyada havo harorati, namligi, shamol tezligi va yo‘nalishlari, quyosh radiatsiyasi parametrlari o‘lchanadi.

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Innoweek-2021” texnologiyalar haftaligida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan meteostansiya namoyish qilindi. Institut katta ilmiy xodimi Jobir Ahadovning aytishicha, qurilma havoning namligi, harorati, shamol tezligi va yo‘nalishlari hamda quyosh radiatsiyasi parametrlarini o‘lchashga mo‘ljallangan.

“Hozirga qadar O‘zbekistonda meteostansiya ishlab chiqarilmagan, ya’ni xorijdan import qilingan. Biz yaratgan qurilma import o‘rnini bosadi. Ayni paytda meteostansiyani kichik seriyada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik”, deydi Jobir Ahadov.

Qayd etilishicha, uskunaning afzalligi — arzonligida. Masalan, Osiyo taraqqiyot banki orqali O‘zbekistonga 6ta meteostansiya 100 ming dollarga xarid qilingan bo‘lsa, uning yillik litsenziyasini uzaytirish 103 ming yevroni tashkil etadi. Ya’ni, meteostansiyaning narxidan uning litsenziyasini uzaytirish qimmat.

“Shu sababli, biz o‘zimizning dasturiy mahsulotni ishlab chiqdik va uning narxi 50 mln so‘m atrofida. Meteostansiyada shamol, quyosh, namlik qurilma datchiklari orqali informatsiya kompyuterga yig‘iladi. Uskuna orqali respublikaning turli nuqtalaridagi ma’lumotlarni bir joyga jamlash, barcha iqlimiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilib borish mumkin.

To‘g‘ri, hozircha datchiklarini chet eldan olamiz. Uskunaning o‘zi biz ishlab chiqqan dastur asosida ishlaydi. Kelgusida datchiklarni ham o‘zimizda ishlab chiqarish niyatimiz bor. Gidrometeorologiya markazi bazalarida mazkur meteostansiyalarni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlar olib bormoqdamiz”, deya ma’lum qildi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti  O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan qayta tiklanuvchi  va vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

         25 noyabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»da Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Kyu Shu univesriteti (Kyushu University), Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi, Energetika vazirligining Qayta tiklanuvchi energiya manbalari departamenti va “O’zbekneftegaz” AJ olimlari va mutaxsisslari ishtirokida vodorod energetikasini rivojlantirishda ilmiy izlanishlarning istoqbolli yo‘nalishlarinig muhokamasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Yaponiyalik mutaxassislar Yaponiyaning milliy vodorod energetikasi siyosati, shu yo‘nalishlarda olib borilayotgan istiqbolli izlanishlar va ularning rivojlanish istiqbollari bo‘yicha seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdilar.

O’z navbatida O’zbekistonlik olimlar va mutaxassislar yaponiyalik olimlarga respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy tashkilotlar, vodorod ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi korxonalar/kompaniyalar haqida ma’lumot berdilar.

         Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar va “pilot” loyihalarni tayyorlash, Yaponiyaning nufuzli universitetlarida va ilmiy markazlariga yosh olimlarni stajirovkaga yuborish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va xalqaro simpozium va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olindi.

oriy yilning 6-oktyabr kuni Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida Ishlab chiqarishga joriy etishga tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar koʼrgazmasi tashkil etildi. Koʼrgazmada 40 dan ortiq energiya va resurstejamkor ishlanmalar, mahalliy xom-ashyodan ishlab chiqilib import oʼrnini qoplashga va eksportga yoʼnaltirilgan innovatsion texnologiyalari namoyish etildi. Tashkilotimiz xodimlari ham ushbu ko’rgazmada o’zining ilmiy loyihalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

23 sentabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»da Respublikamizga tashrif buyurgan «Xalqaro Energetika Xartiyasi» ekspertlar delegatsiyasi bilan  qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod energetikasi, energiyasamarador va energiya tejamkor texnologiyalarni respublika iqtisodiyoti sohalarida qo‘llash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Delegatsiya tarkibiga qayta tiklanuvchi energiya manbalari, vodorod energetikasi va energiyasamarador texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha Turkiya, Ukraina, Belorussiya va Moldova respublikalarida olim-mutaxassilari kiritilgan bo‘lib, ular bilan qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi, energiyasamaradorlik va  energiya tejamkorligi yo‘nalishlarida hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, kadrlar tayyorlash va ishlashaga kelishib olindi. Uchrashuvda aholi uy-joylarini va ishlab chiqarish ob’ektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiyasamarador va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llagan holda issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti  O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan qayta tiklanuvchi  va vodorod energetikasi sohasida hamkorlik qiladi

24 sentabr kuni Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti»ga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiyada ushbu markaz eksperti Yaponiyalik Yukinori Yanagida ham tashrif buyurdi. Shu bilan birga memorandum imzolash marosimida O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligidan Azizbek Alimuxamedov ishtirok etdi.

Uchrashuvda hamkorlikda ilmiy-amaliy va innovatsion texnologiyalar sohasida jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasi va vodorod energetika sohasida hamkorlikda ishlash, kadrlar tayyorlash, Yaponiyaning nufuzli universitetlarida va ilmiy markazlariga yosh olimlarni stajirovkaga yuborish, birgalikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish va xalqaro simpozium va konferensiyalar o‘tkazish borasida kelishib olindi.

Shundan so‘ng, Energetika vazirligi huzuridagi «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy tadqiqot instituti» direktori N.A. Matchanov va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O’zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Nargiza Amirova hamkorlikda ishlash memorandumini imzoladilar.

Hamkorlikda birinchi qadam sifatida shu yil oktabr oyida O’zbekiston va Yaponiyaning yetakchi olimlari va mutaxassislari ishtirokida  “Uzbek‐Japan Symposium for  Future Hydrogen Technologies and Utilization” nomli simpoziumni o‘tkazishga kelishib olindi.

Ushbu memorandum O’zbekiston va Yaponiya mutaxasislarining qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetika sohalaridagi kelajakdagi hamkorligiga yangi sahifa ochadi.