O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, “HENAN SUDA ELECTRIC VEHICLE CO., LTD.”, Turin politexnika universiteti hamda O’zR FA Quyosh energiyasi xalqaro instituti tomonidan “Yangi energiya manbalari asosidagi zamonaviy avtomobil texnologiyalari” mavzusida Xalqaro seminar o‘tkazildi. Seminar yangi energiya manbalaridan foydalangan holda avtomobilsozlik sanoatining dolzarb masalalariga bag‘ishlandi. Seminarda quyidagi sohalar bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi va muhokama qilindi:
1. O‘zbekistonda avtomobil sanoatining hozirgi holati;
2. Zamonaviy texnologiyalar va yangi energiya manbalari bo‘yicha avtomobillarni rivojlantirish
bo‘yicha Xitoy strategiyasi;
3. Avtomobil sanoatining yangi energiya manbalariga oid qonunchilik va siyosat;
4. O‘zbekistonda avtomobilning yangi energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari.