Xalqaro ilmiy-texnik anjuman

[:uz]

Xalqaro ilmiy-texnik anjuman

“Jahonda va Oʼzbekistonda past uglerodli rivojlanishning yangi ufqlari”

2022 yilning 23-24 sentyabrь kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida “Jahonda va Oʼzbekistonda past uglerodli rivojlanishning yangi ufqlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman boʼlib oʼtadi. Xalqaro ilmiy-texnik anjuman Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7-martdagi 101-F sonli qaroriga muvofiq oʼtkaziladi.
http://nires.uz/wp-content/uploads/2022/04/conf01.jpg
http://nires.uz/wp-content/uploads/2022/04/conf02.jpg
Maqsad

Аnjumanning asosiy maqsadi

Past uglerodli rivojlanish mexanizmlarini ishlab chiqish boʼyicha mavjud vositalar va ilmiy-texnik asoslarni baholash hamda sinovdan oʼtkazish maqsadida, qayta tiklanadigan va vodorod energiyasi sohasidagi olimlar, yosh mutaxassislar, muhandislar, siyosatchilar, tadbirkorlar va iqtisodchilarni birlashtirishdan iborat.
http://nires.uz/wp-content/uploads/2022/04/2.jpg

Аnjuman off-layn koʼrinishida oʼtkaziladi va ikki turdagi maʼruzalar: prezentatsiya va stend taqdimoti koʼzda tutiladi.OFFLINEАNJUMАN

http://nires.uz/wp-content/uploads/2022/04/1.jpg
“Eng yaxshi ishlanma”, “Eng yaxshi taqdimot” va “Eng yaxshi stend taqdimoti”

DIQQAT TANLOV!

Аnjuman davomida “Eng yaxshi ishlanma”, “Eng yaxshi taqdimot” va “Eng yaxshi stend taqdimoti” nominatsiyalari boʼyicha tanlov oʼtkazilishi rejalashtirilgan. Gʼoliblar esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanadilar.
http://nires.uz/wp-content/uploads/2022/04/winner.jpg
http://nires.uz/wp-content/uploads/2022/04/sc-1.jpg
Konferentsiya materiallari

ScopusSCOPUS

maʼlumotlar bazasida roʼyxatga olingan jurnallarda chop etiladi.
Anjuman oʼtkazilish joyi:
Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti.
Manzil:
Oʼzbekiston, Toshkent shahri, Chingiz Аytmatov koʼchasi, 2B, 2 bino
Telefon:
(+998) 71 235-03-44
http://nires.uz/wp-content/uploads/2021/10/inst.jpg

АNJUMАNNING АSOSIY YOʼNАLIShLАRI:

  • Energetika sohasidagi siyosat;

  • Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari;

  • Vodorod energetikasi;

  • Past uglerodli rivojlanish;

  • Energetikaning ekologik muammolari;

  • Energiya samaradorlik, energiya va resurs tejamkorlik;

  • Energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash.

[:]

Tepaga