“Shamol, suv, biomassa energiyasi va tabiiy issiqlik manbalari” laboratoriyasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi  “O’zbekiston Respublikasida Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-5063-sonli qarorini ijrosini ta’minlash borasida  Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish  sohasida xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida Xalqaro Erasmus+ dasturi doirasida Gretsiya davlati Afina shahridagi G’arbiy Attika universitetiga xalqaro akademik almashinuvi dasturi asosida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining “Shamol, suv, biomassa energiyasi va tabiy issiqlik manbalari” laboratoriyasi mudiri, t.f.n. Rasaxodjayev Baxramjan Sabirovich chet ellik mutaxassis va olimlar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida hamda yangi xalqaro ilmiy loyihalarni hamkorlikda ishlab chiqishni muhokama qilish uchun xizmat safariga 05.06.2022y. dan 18.06.2022y gacha  borib keldi.

Erasmus+  dasturi bo‘yicha kelajakdagi hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida mobil dasturlari mas’ul  mutaxassisi Erasmus+ ofisini yetakchi xodimi Irene Vatou   va bosh xodim Fani Papoutsi  hamda G’arbiy Attika universitetning “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ilmiy markaz rahbari professor Petros  Axaopoulos lar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Attika universiteti va Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik qilish,  halqaro loyihalarda qatnashish,  tajriba almashish va halqaro jurnallarda maqolalarni chop etish masalasi xalqaro Erasmus+ loyihasi doirasida va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

http://nires.uz/wp-content/uploads/2022/08/lab1.jpg
Tepaga