“Energetik ob’ektlarning texnogen va ekologik xavfsizligi” ilmiy laboratoriyasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi PQ-5063-sonli “O’zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qaroriga muvofiq tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida “Energetik ob’ektlarning texnogen va ekologik xavfsizligi” ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan.

Laboratoriyada 1 nafar texnika fanlari doktori, bosh ilmiy xodim, 1 nafar katta ilmiy xodim hamda 1 nafar kichik ilmiy xodim, 2 nafar tayanch doktorant, hamda stajyor-tadqiqotchi, 1 nafar magistrant, faoliyat yuritishadi. Bundan tashqari, laboratoriyada, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyat yo‘nalishlaridan belgilab berilgan “Yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish” vazifasi borasida, Belarus Milliy Fanlar akademiyasi Energetika instituti ilmiy rahbari, akademik A.A. Mixalevich hamda “Energetika iqtisodiyoti” sektori boshlig‘i, texnika fanlari doktori, professor T.G. Zorinalar jamoatchilik asosida faoliyat olib borishadi.

Laboratoriyaning faoliyat yo‘nalishi – Energetik ob’ektlarda xavfli texnogen halokatlarni kompleks baholash va bashoratlash usullarini ishlab chiqish, shuningdek, xavfli va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni tanlash, ishlab chiqish va joriy etish fundamental hamda amaliy tadqiqotlar olib borishdan iborat.

Sheningdek, laboratoriyaning yana bir asosiy maqsadi – mamlakatda milliy iqtisodiyot va aholi soni o‘sishi ta’sirida tobora dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan energetik xavfsizlik masalalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, Respublika energetik xavfsizligini ta’minlash maqsadida energetik xavfsizlikni baholash uslubiyatini ishlab chiqish va yaratish hamda mazkur uslubiyat asosida O’zbekiston Respublikasi energetik xavfsizlik Reglamentini ishlab chiqishga qaratilgan.

Ilmiy laboratoriya quyidagi asosiy ilmiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot olib boradi:

Gidroelektrostansiya, AES, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlarni loyihalash va qurishda xavf omillarini geografik me’yorlar asosida baholash uslubiyatini ishlab chiqish;

Gidroelektrostansiya, AES, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda texnogen vaziyatlarni modellashtirish va bashoratlash. Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv va qaror qabul qilish jarayonlarini modellashtirish;

Keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish monitoringi va bashoratlash tizimini rivojlantirishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

Gidroelektrostansiya, AES, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini baholash va bashoratlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

Gidroelektrostansiya, AES, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, xavfsizlikni ta’minlashning ilg‘or texnologiyalari va vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;

Texnogen vaziyatlarni inobatga olgan holda, mamlakat energetik ob’ektlari (gidroelektrostansiya, AES, qayta tiklanuvchi energiya manblari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlar)ni markazdan alohida mahalliy tarmoqlarga ajratish, intellektualizatsiya vositalaridan foydalangan holda raqamlashtirishni amalga oshirish;

Gidroelektrostansiya, AES, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlarning texnogen turdagi xavfli holatlarini baholash va tahlil qilish usullari va konsepsiyasini ishlab chiqish;

Energetik ob’ektlar holatining nazorat ko‘rsatkichlarini ko‘p o‘lchovli tahlil qilish va xavf omillarini tahliliy ko‘rsatkichlar yordamida baholash imkoniyati asosida tezkor monitoring jarayonini amalga oshirish yo‘llarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Aholi punktlariga yaqin joylarda tashiladigan moddalarning katta miqdorda chiqarilishiga va atrof-muhitning ifloslanishiga sabab bo‘ladigan magistral quvurlarda yuz beradigan avariyalarni baholash va bashoratlash hamda ularning oldini olishga bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish.

Ilmiy laboratoriya Zamonaviy O’zbekistonni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri ko‘p jihatdan energiya xavfsizligiga erishish bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda hissa qo‘shishga qaratilgan ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanadi.

Laboratoriyada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar doirasida, ob’ektlarda elektr energiya ishlab chiqarish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash hamda ob’ektning yillik, kunlik, oylik energiya iste’moliga mos ravishda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga asoslangan energiya tizimlarini o‘rnatishni energetik hamda texnogen xavfsizlik tamoyillari asosida tanlash va asoslash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda «O’zsanoatqurilishbank» ATB o‘rtasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 2022 yil 1 aprelda imzolangan №02/22-sonli «O’zsanoatqurilishbank» ATB Nukus filiali ob’ektining energiya ta’minoti tizimlari (elektr, issiq suv va isitish) uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida maqbul texnik yechimlarni tanlash va asoslash» mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi bajarildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 2022 yil 21 fevralda imzolangan №01/22-sonli «KMK 2.01.01.-94 Loyihalash uchun iqlimiy va fizik-geologik ma’lumotlar» ga o‘zgartirish kiritish uchun ilmiy asoslangan dastlabki ma’lumotlar (O’zbekiston Respublikasi hududi uchun 2005 yillar oralig‘ida HDD va CDD qiymatlari) ni tayyorlash» mavzusidagi xo‘jalik shartnomasi bajarilmoqda.

Olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha quyidagi ilmiy maqolalar chop etilgan:

1.Avezova N.R., Matchanov N.A., Raximov E.Yu., Xakimov M.A., Dalmuradova N.N., Dexkonova M.X. Otsenka potensiala solnechnoy energii Kashkadarinskoy oblasti// “Alternativnaya energetika i ekologiya», № 01 (394), 2022g., str. 36-52.

  1. Ulugbek Azimov, Nilufar Avezova. Sustainable small-scale hydropower solutions in Central Asian countries for local and cross-border energy/water supply// Renewable and Sustainable Energy Reviews.
  2. N.R. Avezova, E.Yu. Raximov, N.N. Dalmuradova. “Vozmojnosti otsenki pokazateley HDD i SDD dlya territorii Uzbekistana s pomoщyu mejdunarodnыx baz meteorologicheskix dannыx”. “Alternativ energetika i ekologiya” – WCAEE-2022 Oltinchi Butunjahon sammiti materiallari.
  3. N.R. Avezova, E.Yu. Raximov, N.N. Dalmuradova, D.U.Abduxamidov. Dinamika izmeneniya pokazateley gradusa-sutok otopitelnogo perioda v Uzbekistane za posledniye 40 let.//jurnal “Problemы energo i resursosberejeniya”, № 01, 2022. str.108-119.
  4. N.R. Avezova, N.N. Dalmuradova, X.X. Kulmatov. Otsenka uglerodnogo sleda produksii: sostoyaniye i perspektivы. O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi 5-iyun – Xalqaro atrof-muhit kuniga bag‘ishlangan “Ekologik startaplarni hayotga tadqiq qilish” respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. Toshkent, 2022 y.

Laboratoriyada quyidagi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatiladi:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini baholash va bashoratlash;

Keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish yo‘llarini baholash;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod  asosidagi energetik tizim va inshootlarning texnogen turdagi xavfli holatlarini baholash;

Energiya ishlab chiqarish ob’ektlarida ajralib chiqadigan SO2 gazi miqdorini baholash;

Respublikada mavjud energetik tizimlarning ishonchliligi, barqarorligini ta’minlash maqsadida energetik xavfsizlik

  • Laboratoriya mudiri, t.f.d., b.i.x. N.R. Avezova
  • Laboratoriya bosh ilmiy xodimi (jamoatchilik asosida), akad. A.A. Mixalevich
  • Laboratoriya yetakchi ilmiy xodimi (jamoatchilik asosida), prof. T.G. Zorina
  • Laboratoriya kat.i.x., tayanch doktorant N.N. Dalmuradova
  • Laboratoriya k.i.x., tayanch doktorant M.X. Dexkonova
Tepaga