“Toshkent-Seul: kelajakka nazar”

25.08.2022by Admin

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Xavfsizlik
kengashi  apparatining  2022  Yil  10  avgystdagi topshirig‘iga  muvofiq hamda  O’zbekiston  Respublikasi  va  Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik  munosabatlar o‘rnatilganining 30  yilligiga  bag‘ishlangan  «Toshkent  –  Seul:  kelajakka  nazar»  ekspertlar forumining  o‘kazilishi munosabati bilan Koreya Respublikasi delegatsiyasi 2022 yil 22-25 avgust kunlari O’zbekiston Respublikasida qabul va tashrif dasturi amalga oshirildi.

Dasturga muvofiq, 24 avgust kuni delegatsiya Energetika vazirligi xuzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki tomonlama ilmiy faoliyatni yanada yuksaltirish borasida rejalar aniq qilib belgilab olindi.

Koreyadan kelgan delegatsiyani takliflari:

  1. “Yashil” texnologiyalar yo‘nalishida halqaro loyihalarni hamkorlikda olib borish va amalga oshirish.
  2. Koreya bilan O’zbekistonni iqlim sharoitlari yaqin bo‘lganligidan Qayta tiklanuvchi energiyalar manbalarini rivojlantirish borasida halqaro ilmiy loyihalarni birgalikda yozish va amalga oshirish.
  3. Koreya ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasidan memorandumlar tuzish.

QTEM MITI ning takliflari:

  1. Vodorod energetikasi va qayta tiklanuchi energiya manbalari yo‘nalishida hamkorlikni
  2. Halqaro loyihalar doirasida quyosh va shamol stansiyalarini modellashtirish yo‘nalishida ilmiy ishlarini amalga oshirish.
  3. Xalqaro loyihalarda qatnashish va yosh olimlarni qisqa muddatli stajirovkaga yuborish, kadrlar malakasini oshirishni amalga oshirish.
  4. O’zbekistonda Elektromobil sanoatini rivojlantirish maqsadida  halqaro loyihalarini amalga oshirish.

“Toshkent-Seul: kelajakka nazar” ekspertlar forumida Koreya tomonidan Koreya Respublikasi-Markaziy Osiyo hamkorlik forumi kotibiyati ijrochi direktori, Koreya xalqaro almashuv jamg‘armasi vitse-prezidenti Li Chjon Guk, Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor Elchisi Kim Xi Sang, Koreya Respublikasi-arkaziy Osiyo hamkorlik forumi kotibiyati ijrochi direktorining o‘rinbosari Dji Chang Chon, Koreya Respublikasi-arkaziy Osiyo hamkorlik forumi kotibiyati xodimi Pak So Min, Seul milliy universitetining xalqaro aloqalar bo‘limi professori Shin Bom Shik, Xanyang universitetining Osiyo-Tin okeani tadqiqotlari markazi direktori, professori Om Gu Xo, Koreya xalqaro iqtisodiy siyosat institutining Yangi shimoliy siyosat departamenti direktori Pak Jon Xo, Inchxon milliy universitetining Shimoliy-sharqiy tadqiqot instituti professori Song Von Yong, Xonkuk chet tllar universitetining Markaziy-Osiyo tadqiqotlar instituti ilmiy xodimi, professori Kim Sang Chxol, Donguk ayollar universitetining Yevroosiyo va turkiy tadqiqotlar instituti direktori O In Kyon hamda Koreya Respublikasining O’zbekiston Respublikasidagi elixonasi vakili ishtirok etishdi.

Uchrashuvda O’zbekiston va Koreya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif davomida, Institutning strukturasi, binosi va ilmiy laboratoriyalari hamda ishlab chiqarish sexlari  bilan Institut direktori   Azizbek Xusanovich Alimuxammedov tanishtirdi, Koreyadan tashrif buyurgan delegatsiyaga institutni rivojlanish istoqbollari mavzusida  ma’ruzani professor Rasaxodjayev Baxromjon Sabirovich bayon etdi.

Shuningdek, O’zbekistonda iliy-tadqiqot institutlarini erkinlashtirish, sarmoyaviy muhitni yaxshilash, iqtisodiyot va ishbilarmonlik muhitining shaffofligini oshirish bilan birgalikda O’zbekistonning yashil energetikaga o‘tishi yo‘lidagi va boshqa islohotlar sohalarida sezilarli yutuqlarga erishilgani qayd etildi.

 

Tepaga