“Bahorgi tijoratlashtirish forumi” da ishtirok

17.03.2022by Admin

2022 yil 11-12 mart  kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida  “Bahorgi tijoratlashtirish forumi” bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda tarmoq korxonalari, ilmiy tekshirish muassasalari, Oliy ta’lim muassasalari o‘zlarininng yangi ilmiy-innovatsion texnollogiyalarini hokimliklar, korxona va tashkilotlarga namoyish etildi. Forum ishtirokchilari o‘zlariga kerakli soha vakillari va tashkilotlari bilan tanishish, hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvlarga erishish, muassasa va tarmoq korxonasi o‘rtasida shartnomalar tuzilish uchun samarali bo‘ldi.

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti” ham ushbu forumda faol ishtirok etdi va institut direktori Matchanov Nuraddin Azadovich rahbarligidagi “Fotoelektrik tizim asosida avtonom ravishda har xil ob’ektlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlovchi mobil gibrid tizimni yaratish va kichik seriyada ishlab chiqarish” nomli tijoratlashtirishga tayyorlash loyihasi maxsus SERTIFIKAT bilan taqdirlandi.

Tepaga