Umumiy energiya balansida QTE manbalari ulushini 25% dan oshirish rejalashtirilmoqda

11.03.2022by Admin

“2020-2030 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini elektr energiyasi bilan taʼminlash kontseptsiyasi” ga koʼra, elektr energiya ishlab chiqarishni deyarli ikki martaga va umumiy energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 25% dan ortiqroqqa oshirish rejalashtirilgan boʼlib, ushbu vazifani 2030 yilga qadar mamlakatda Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) quvvatlarini rivojlantirish rejasiga koʼra, respublika hududida 5 GVt quyosh, 3 GVt shamol, 1,8 GVt gidro elektr stantsiyalarini qurish orqali amalga oshirish ko’zda tutilgan edi. Аmmo, Prezidentimiz tomonidan 22.11.2021 kuni QTEMni koʼpaytirish va sohani rivojlantirish masalalari muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan yigʼilishda koʼzlangan rejalarni 2026 yilga qadar tezlashtirish boʼyicha vazifalar yuklandi.

O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi xuzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ham yuqorida keltirilgan hamda shu kabi Mamlakatimiz energetika siyosatida belgilab berilgan ustuvor vazifalarni hal etishda QTEM sohasida o’ziga xos ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.

So’nggi yillarda Institut yosh olimlari tomonidan Respublikamizda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ular asosidagi energiya tizimlarini texnik salohiyatini baholash, ularni loyihalash hamda loyiha oldi hisob kitob ishlarini olib borishga xizmat qiluvchi Mamlakat hududini o’z ichiga olgan so‘nggi 30 yillik va undan ko‘proq vaqt davomida yer usti va sun’iy yo’ldosh meteostansiyalari kuzatuvlari asosida olingan aktinometrik va meteorologik ma’lumotlar arxiv bazalari jamlandi.

Jamlangan ma’lumotlar quyidagi kattaliklarni o’z ichiga oladi:

-80 ga yaqin yer usti meteostansiyalarida 0.5 va 3 soat vaqt qadami bilan o’lchangan havo temperaturasi va nisbiy namligi, 10 m balandlikdagi shamol tezligi va yo’nalishi, atmosfera bosmi, yog’ingarchilik miqdori, isistish va sovutish gardus kun qiymati va boshqa kattaliklar qiymatlari;

– 50 ga yaqin yer usti meteostansiyalaridan olingan kunlik maksimal, minimal va o’rtacha havo harorati, o’rtacha shamol tezligi, havo nisbiy namligi va yog’ingarchilik miqdori, isistish va sovutish gardus kun kabi kattaliklar qiymatlari;

-6 ta yer usti meteostansiyasidan har 10 minutlik vaqt qadami bilan olingan quyoshdan keluvchi yig’indi, tik tushuvchi va tarqoq radiasiya, havo namligi, bosmi va temperaturalari, yog’ingarchilik midori, isistish va sovutish gardus kun qiymati kabi boshqa meteorologik kattaliklar qiymatlari;

– respublikaning istalgan geografik nuqtasi uchun xalqaro sun’iy yo’ldosh kuzatuvlari va qayta analiz (reanaliz) malumotlari asosidagi har soatlik va kunlik havo harorati va namligi, quyoshdan keluvchi yig’indi, tik tushuvchi va tarqoq radiasiya, 2 m, 10 m, 50 m va 100 m balandlikdagi shamol tezligi va yonalishi, isistish va sovutish gardus kun hamda boshqa ko’plab meteorologik kuaztuvlar qiymatlari.

Xozrgi kunda Institut yosh olimlari jamlangan so’nggi 30 yillik yer usti va sun’iy yo’ldosh meteostansiyalari kuzatuv ma’lumotlari hamda xalqaro tan olinganv hisoblash usullari hamda dasturlari asosida kichik, o‘rta va yirik quyosh fotoelektr stansiyalari, shamol elektr stansiyalari, mikro gidroelektrostansiyalari va quyosh suv isitish kollektorlariga asoslangan issiqlik ta’minoti tizimlarini loyihalash ularning ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa muddatli ilmiy bashoratlash va loyiha oldi tadqiqot ishlarini o’tkazish salohiyatiga egadirlar.

 

Tepaga