Tashkilotimiz xodimlari innovatsion ko’rgazmada ishtirok etishdi

06.10.2021by Admin

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Fanlar akademiyasi Materialshunoslik institutida Ishlab chiqarishga joriy etishga tayyor ilmiy va innovatsion ishlanmalar koʼrgazmasi tashkil etildi. Koʼrgazmada 40 dan ortiq energiya va resurstejamkor ishlanmalar, mahalliy xom-ashyodan ishlab chiqilib import oʼrnini qoplashga va eksportga yoʼnaltirilgan innovatsion texnologiyalari namoyish etildi. Tashkilotimiz xodimlari ham ushbu ko’rgazmada o’zining ilmiy loyihalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.

Tepaga